"Adolat" SDP: Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili jomboylik saylovchilar bilan uchrashdi
9 iyul kuni mamlakatimizda muddatidan avval bo‘lib o‘tadigan muhim ijtimiy-siyosiy jarayon - Prezidentlik saylovi munosabati bilan siyosiy partiyalardan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashib, kelajakda xalq va davlat manfaati yo‘lida amalga oshirishni maqsad qilayotgan g‘oya va maqsadlari aks etgan nomzodning Saylovoldi dasturlari bilan tanishtirmoqda.
Xususan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Robaxon Mahmudovaning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Muzaffara Abdiyevaning Jomboydagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va viloyat Kengashi deputatlari, partiya faollari, davlat va jamoatchilik vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ishonchli vakil dastlab ushbu saylovoldi tadbirlarning kelgusida yurtimiz ravnaqi va fuqarolarimiz farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatiga atroflicha to‘xtaldi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga nomzod haqida batafsil ma’lumot berdi. Saylovchilarni R.MAhmudovaning xalqimiz orzu-istaklariga mushtarak g‘oya va maqsadlari aks etgan Saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.