"Adolat" SDP Prezidentlikka Robaxon Mahmudovaning nomzodini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Qurultoyda delegatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Mahmudova Robaxon Anvarovnaning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining nomzodi Robaxon Mahmudova o‘z Saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini qurultoy qatnashchilari e’tiboriga havola etdi.