Advokatlar davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, bu moddiy imkoniyati cheklangan va huquqiy himoyaga muhtoj shaxslarga advokatlar orqali bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatiladi.
Yuridik yordam quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:
- Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalari;
- Ishga tiklash va ish haqi undirish;
- Aliment undirish;
- Turarjoy masalalari;
- Sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash;
- Qonunga xilof harakatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash;
- Ma’muriy qamoq bilan bog‘liq ishlarda himoya;
- Xotin-qizlar va erkaklar huquqlarining buzilishi holatida;
- Psixiatriya yordami ko‘rsatilayotgan paytdagi huquqiy masalalar;
- Jinoyat ishlari yuzasidan protsessual huquqlar himoyasi.
Kimlar murojaat qilishi mumkin?
- Kam ta’minlangan fuqarolar;
- Ruhiy holati buzilgan shaxslar;
- Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarining buzilishi munosabati bilan sudga murojaat qilgan shaxslar;
- Jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtiroki majburiy bo‘lgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilar;
- Mahkumlar.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
- Ariza;
- Pasport (ID-karta) ma’lumotlari;
- Agar vakil orqali murojaat etilsa, ishonchnoma yoki tegishli hujjatlar;
- Zarur hollarda psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma yoki suddan ma’lumot taqdim etadi.