Advokatlik faoliyati bo‘yicha uzoq kutilgan qonun imzolandi: advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi
- 10.08.2023 13:41
- 40
- Qonun va hujjatlar

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Eng muhimi, advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi. Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Advokat maqomiga eta bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.
Teglar:
advokat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sun’iy intellekt – imkoniyatmi yoki qaramlik?
- Kecha, 15:46
- Ta’lim
Xalqaro hamkorlik nufuzni oshiradi
- Kecha, 10:44
- O‘zbekiston