Afg‘oniston Prezidenti qarorgohi o‘qqa tutildi: IShID javobgarlikni bo‘yniga oldi

Kecha, 20 iyul kuni ertalab Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan diniy marosimda davlat rahbari qarorgohiga uchta reaktiv snaryad otildi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Biroq, jarohatlanganlar bor. Yaradorlar nodavlat notijorat tashkiloti kasalxonasiga yetkazildi.

"Qobuldagi tibbiyot markazimizda ushbu raketalar zarbasini yaqqol his qildik, chunki saroydan atigi bir necha yuz metr masofada joylashganmiz. Bir necha daqiqa o‘tgach, birinchi olti yarador olib kelindi. Bemorlarning ahvoli og‘ir, operatsiya qilishga to‘g‘ri keldi ", deydi Afg‘onistondagi NPO Emergency tashkiloti vakili Marko Puntin.

Afg‘onistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat AQSh qo‘shinlari chiqib ketishi fonida keskinlashdi. Hozirda ushbu Janubiy Osiyo davlatida hukumat kuchlari va mamlakat hududining 70 foizigacha o‘z nazoratiga olgan «Tolibon» jangarilari o‘rtasida to‘qnashuv avj olmoqda.