Afg‘onistonda yana AQSh harbiylari o‘ldirildi

Bugun, 26 iyun kuni Afg‘onistonda AQShning ikki harbiy xizmatchisi o‘ldirildi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Hodisa qayerda va qanday bo‘lgani haqida hozircha ma’lumotlar berilmadi.
AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonga 2001 yilda Antiterror operatsiyalarini o‘tkazish uchun kirgan edi va ularning bir qismi hanuzgacha NATO qo‘shinlari tarkibida bu mamlakatda saqlanib qolyapti.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ham Afg‘onistonda qo‘lbola bomba portlashi oqibatida AQShning to‘rt harbiy xizmatchisi o‘ldirilgan edi. Hodisa AQShning Bagram shahridagi harbiy bazasi yaqinida sodir bo‘lgandi.