Afrikada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi
Bu haqda Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vaziri Zveli Mxize ma’lum qildi, deya yozadi lenta.ru sayti.
Unga ko‘ra, Janubiy afrikalik olimlar mamlakatda SARS-CoV-2 virusining ilgari noma’lum bo‘lgan turini aniqlashdi.
Zveli Mxize mamlakatdagi koronavirusning ikkinchi to‘lqini, ehtimol kasallikning aynan shu mutatsiyasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, garchi olimlarning kashfiyoti tashvish tug‘dirsa ham, vahima uchun hech qanday asos yo‘q.
Avvalroq, Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Metyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi topilganligi, u virusning asl shakliga qaraganda tezroq tarqalishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu virus shtammlari xavfli va vaksinaga chidamli ekanligi to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q. Ammo u odamdan odamga tezroq yuqadi va shuning uchun yuqumlilik darajasi o‘ta yuqori.