"Afrosiyob" poyezdi yo‘liga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyatida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi harakatlanadigan temiryo‘l iziga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 oktyabr kuni IIBning transport xavfsizlik bo‘limiga "Afrosiyob" tezyurar poyezdi "Qarshi-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi harakatlanayotgan vaqtda “Gumbaz-Maroqand” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida, 3.741 kilometr 7 piketida temir yo‘l izida tosh qo‘yilganligi haqida xabar kelib tushgan.

XTBB YPKB tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijasida tosh bo‘lagi qo‘ygan shaxs 1980 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Jovulqosim qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Sh. ekanligi aniqlangan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.