Agar Alifbodagi to‘rtta harf o‘zgartirilsa...

Agar Alifbodagi to‘rtta harf o‘zgartirilsa...

20 milliondan ziyod fuqarolik pasportlari;

30 milliondan ziyod attestat va shahodatnomalar;

35 milliondan ziyod tug‘ilish va o‘lim haqidagi guvohnomalar;

5 milliondan ziyod haydovchilik guvohnomalari;

Bir necha millionta boshqa har turli guvohnomalar;

Bir necha yuz million dona darslik va o‘quv qo‘llanmalari;

Bir necha yuz millionga yaqin kitoblar, qomuslar va risolalar;

Bir necha milliarddan trilliongacha pul banknotlari;

Million-millionlab peshlavha, banner va "viveska"lar.

Bulardan tashqari, o‘qituvchilar yasagan ko‘rgazmali qurollar, stendlar, testlar va tarqatma vositalarning hisobini hech kim ayta olmaydi.

Boshqa hujjatlar va blanklar soni cheksiz...

Harflar o‘zgarishidan ko‘riladigan foyda - 0. Moddiy va ma’naviy zararining hisobi esa ...?!

Bularning barchasi uchun qancha mablag‘ va asab kerakligini hozir hech kim aytolmaydi, hatto, alifbo islohotchilari ham.

Xulosa o‘zingizdan.

Xudoyberdi Komilov.