Agar Quyosh g‘oyib bo‘lib qolsa, nima bo‘ladi?
Tasavvur qiling-a, ilmiy fantastik filmlarida bo‘lganidek, Quyosh birdan g‘oyib bo‘lsa. Asta-sekin so‘nib-so‘nmasdan, xuddi birov bir chertish bilan o‘chirib qo‘ygandek chaqmoq tezligida, yo‘q bo‘lib qolsa, nima bo‘ladi?..
Ajablanarlisi, zamonaviy ilm-fan buni taxmin qilish imkonini berdi!
Agar quyosh g‘oyib bo‘lsa
...Bu haqda biz 8 daqiqadan so‘ng bilib olamiz. Aslida Quyosh nuri yorug‘lik tezligida Yerga 499 soniyada yetib keladi. 8 daqiqadan so‘ng hech qanday g‘ira-shiraliksiz, birdan Yerdagi yorug‘lik yo‘qoladi, u xuddi lampochka kabi o‘chadi.
24 soatdan keyin Yer yuzasi harorati +5...+7° darajagacha pasayadi, elektr va suv ta’minotida uzilishlar boshlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘simliklarning ba’zi turlari quyoshsiz kun davomida halok bo‘la boshlaydi, bu tafovutni faqat ba’zi dengiz aholisi sezmaydi.
Yorug‘lik bilan birga quyosh tortishish kuchi ham yo‘qoladi. Yer quyosh tortishish kuchidan “ajraladi” va mustaqil “sayrga chiqib” kosmosga uchib ketadi. Uning harakat tezligi umuman o‘zgarmaydi (bu taxminan 107 200 km/soat), Yer bo‘laklarga bo‘linmaydi, shunchaki orbita bo‘ylab emas, balki cheksiz kosmosda tekis chiziqda uchib ketadi.
Bir oydan so‘ng...
Quyosh “g‘oyib bo‘lgan”idan keyingi birinchi haftada sayyoradagi harorat Selsiy bo‘yicha -20 darajaga tushadi. O‘simliklar va hayvonlar ommaviy tarzda nobud bo‘la boshlaydi. Oziq-ovqat zanjiri buziladi va bu davrda faqat o‘laksalar bir muddat omon qolishi mumkin. Biroq tez orada ular ham halok bo‘ladi.
Xurshidsiz bir yil
Harorat 73 daraja sovuqqa tushadi. U Selsiy bo‘yicha 240 darajaga yetguncha pasayishda davom etadi. Mikroorganizmlar omon qolishi orqali Yerdagi hayotning mavjudligi rasmiy ravishda saqlanib qoladi. Agar sayyoramiz kosmosda aylanib yurib, tizimdagi boshqa uchib yurgan hech qanday jismlar bilan to‘qnashmasa, ehtimol, u o‘z yo‘lida yerdagi hayot uchun yangi davrni boshlab beradigan boshqa bir yulduzni uchratishi mumkin.
Biz o‘ylaganimizdan ham ko‘proq Quyoshga tobemiz
Odamlar turli sharoitlarga moslashib keta olishi bor gap. Lekin Quyosh so‘nishiga dosh bera olsa bo‘larmikan? Evolyusiya davomida odamlar boshqa yorug‘lik manbalarini yaratishni o‘rgangan, lekin ular ham uzoqqa ketmaydi; insoniyat sovuqqa, tabiiy oziq-ovqat taqchilligi, havodagi kislorod yetishmasligi va boshqa sayyoralar bilan to‘qnashuv ehtimoliga duch keladi. Eng yomoni - vahima va resurslar uchun kurash. Quyosh g‘oyib bo‘lgandan keyin Yerning taqdiri qanday kechishini tahlil qilib, yulduzimiz hayotimizning har soniyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini anglay olishimiz va qadrlashimiz lozim.
Bahora tayyorladi.