Agrar sohada nanoishlanmalar tatbiq etiladi
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi, “Щyolkovo Agroxim – O‘zbekiston” Rossiya – O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan hamkorlikda olimlarning nanoishlanmalarini qishloq xo‘jaligiga tatbiq etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Agroklasterlar dehqon va fermer xo‘jaliklari boshliqlari va sohaga aloqador korxonalar rahbarlari ishtirok etgan seminarda qo‘shma korxona, viloyat “Chorvanasl” markazi rahbarlari, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘qituvchilari qishloq xo‘jaligiga yangi agrotexnologiyalarni jalb etish, uning hosildorlikka ta’siri, qishloq xo‘jalik ekinlarida yangi kasalliklarning paydo bo‘layotgani, hasharotlarning yil sayin ko‘payib borayotgani va ularni bartaraf etish yo‘llari xususida maruza qildilar.
Yo‘ldosh SUYUNOV.