Ahmad al-Farg‘oniy olimpiadasi g‘olibiga 22 million so‘m berildi
- 11.11.2019 10:18
- 99
- Ta’lim
Joriy yilning 9 noyabr kuni Xorazm viloyatida umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi fizika fani olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi.
Fan olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni akademik litsey o‘quvchilari egallashdi.
Termiz davlat universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Azizbek Tursunov faxrli 1-o‘ringa loyiq deb topildi.
Toshkent shahridagi Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi Sardor Boboshev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Olimpiadaning g‘olib o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
– 1-o‘rin uchun o‘quvchiga – 22 300 000 so‘m, o‘qituvchiga - 18 955 000 so‘m;
– 2-o‘rin uchun o‘quvchiga – 18 955 000 so‘m, o‘qituvchiga - 14 495 000 so‘m;
– 3-o‘rin uchun o‘quvchiga - 15 610 000 so‘m, o‘qituvchiga – 11 150 000 so‘m.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa