Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi qayerda past?

2019 yilning 11 oylik hisob-kitoblariga ko‘ra, chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga 3 133,4 ming so‘mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasining o‘sishi asosan Kattaqo‘rg‘on shahri (7 964,6 ming so‘m), Samarqand shahri (5 942,3 ming so‘m) va Bulung‘ur tumani (3 686,7 ming so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Oqdaryo (1 738 ming so‘m), Toyloq (1 785,6 ming so‘m) va Payariq (1 898,3 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.