Aholi punktlari bosh rejasining jamoat muhokamasini mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkil etadi

«O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida:

- aholi punktlari bosh rejalarining yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan jamoat ekspertizasini amalga oshirish imkoniyati joriy etiladi;

- aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi bo‘lgan jamoat nazorati sub’yektlarining tashabbusiga ko‘ra, aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish yoki unga o‘zgartirish (tuzatish) kiritish mexanizmi joriy etiladi;

- aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasini tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklanadi.