Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda qanchalik faolmiz?
- 21.01.2026 14:10
- 30
- O‘zbekiston
Viloyatimizda census.stat.uz portalidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan xonadonlar 2026 yil 21 yanvar holatiga 46,6 foizni tashkil etdi.
Bunda Qo‘shrabot 83,4 foiz, Toyloq 63,7 foiz va Past Darg‘om tumani 61,4 foiz bilan eng faol tumanlarimizdan bo‘lib turibdi.
Jarayonda Samarqand shahri 33,9 foiz, Kattaqo‘rg‘on 38,4 foiz va Urgut tumani 40,5 foiz bilan past ko‘rsatkichlilar sifatida bormoqda.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda qolgan hududlarimiz Paxtachi 54,5 foiz, Nurobod 49,8 foiz, Bulung‘ur 49,5 foiz, Narpay 47,6 foiz, Jomboy 47,4 foiz, Samarqand 47,2 foiz, Payariq 47,1 foiz, Oqdaryo 46,9 foiz, Ishtixon tumani 45,7 foiz hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida 42,8 foizni tashkil etmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi.
Teglar:
aholini ro‘yxatga olish