Aholini ro‘yxatga olishda nimalarga e’tibor qaratish lozim
2023 yilda respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish usulini tanlash rejalashtirishning dastlabki bosqichlarida turli xil muqobil xarajatlar, olingan ma’lumotlarning sifati va ularni amalda qo‘llash imkoniyatlarini sinchkovlik bilan sinab ko‘rish asosida qaror qabul qilinishi kerak. Hatto an’anaviy ravishda bitta usul qo‘llanilganda ham aholini ro‘yxatga olish va o‘zgaruvchan texnik ehtiyojlar asosida uning nisbiy afzalliklarni muntazam ravishda qayta baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Tanlov erta bosqichda amalga oshirilsa, ro‘yxatga olish byudjeti, tashkiliy tuzilma, ro‘yxatga olishni targ‘ibot ishlarini amalga oshirish rejasi, kadrlar tayyorlash dasturi, ro‘yxatga olish varaqasi tuzilishi va ma’lum darajada to‘planishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar aynan tanlangan usulga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumotlarni to‘plashni bir necha usullaridan foydalangan holda jamoatchilik tomonidan qo‘llaniladigan usullarni qo‘llab-quvvatlashga ishonch hosil qilish juda muhim. Chunki jalb qilingan ro‘yxatga oluvchilar soni va xarajatlar shunga bog‘liq.
Ro‘yxatga olish davrining muddati va davomiyligi ham juda ahamiyatli. Asosiy talab belgilangan muddatlarda aholini qamrab olish va to‘plangan ma’lumotlarning sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli ro‘yxatga olish imkoniyatlarini ta’minlashdir. Bu bir qator omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalo, noqulay yoki ekstremal ob-havo sharoitlari tufayli aholi punktlariga borish qiyin bo‘lgan yoki ro‘yxatga olish qiyin bo‘lgan mavsumdan qochish kerak.
Viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati.