Aholini ro‘yxatga olishda kimlar hisobga olinadi?

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha respublikada bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O‘zbekistonda doimiy yashovchi, ammo aholini ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lgan fuqarolar, respondent  sifatida ro‘yxatga olinadi.

Aholi sonining statistik hisobini yuritishda aholini ro‘yxatga olish vaqtida mamlakat hududida bo‘lgan barcha fuqarolar hisobga olinadi. Bunda muddatidan qat’iy nazar mamlakat hududida vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlat fuqarolari (O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi oxirgi xatboshida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari) va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinadi.

Doimiy aholi sonining statistik hisobini yuritishda mamlakat hududida doimiy yashovchi hamda mamlakat hududida vaqtincha bo‘lmagan, lekin doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolar hisobga olinadi.

Zafar DAVRONOV,

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i.