Aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi aytildi
Prezident ishtirokidagi yi Ikki yil ichida aholiga beriladigan yerlar 200 ming gektardan oshadi. Bu – Samarqand viloyatining jami paxta va g‘alla yeridan ko‘p maydon.
Lekin, bu yil ajratilishi kerak bo‘lgan yerlarni ko‘pi hali zaxiraga olinmagan, ishlar pala-partish tashkil qilinayapti. Mahallaning ichidagi kichik-kichik qulay maydonlar qolib, dalaning o‘rtasidagi katta yerlarni ajratish holatlari ham bor.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- har bir mahallaga “usta dehqonlar”ni jalb qilib, ushbu yer maydonlarida faqat eksportbop-bozorbop mahsulotlar yetishtirilishiga e’tibor qaratish;
- har bir tuman agrologistika markazlari va eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash topshirildi.
Bu yerlardan samarali foydalanib, kamida 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.