“Aka Sharif” Payariqda
Poytaxtdan kelgan bir guruh taniqli olim, adabiyot va san’at namoyandalaridan iborat targ‘ibotchilar ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviyat festivali tadbirlari bugun Payariq tumanida davom etdi.
Oqqo‘rg‘on mahallasida o‘tkazilayotgan bayram tadbiri doirasida tashkil etilgan uchrashuvda targ‘ibot guruhi a’zolari - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Sirojiddin Raupov, falsafa fanlari doktori Munira Qahhorova hamda ’’Sharif va Mar’uf" badiiy filmi qahramoni - "Aka Sharif’’ roli bilan elga tanilgan aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Hojiyevlar qatnashdi.
Ular Oqqo‘rg‘on va unga tutash Sorisuv mahallasida yashovchi oddiy odamlar xonadonida bo‘lib, ularni bayram bilan qutladi.