Aka ukasini himoya qilaman deb, 22 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi
- 03.04.2020 12:26
- 448
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 1 aprel kuni soat 09:30 da mavsumiy ishchi, 33 yoshli M.Yu. Namangan shahri, Marg‘ilon ko‘chasida yashovchi, 22 yoshli A.A.ning ukasini urganligi sababli u bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan chap kurak sohasiga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda A.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joydan daliliy ashyo sifatida oshxona pichog‘i olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.