Akademik qanday maktabda o‘qigan?
Tadbirda akademik o‘zining o‘quvchilik va talabalik yillari, akademik darajasiga yetish yo‘lidagi mashaqqatli ilm yo‘li haqida hikoya qildi.
– Men Qashqadaryoning olis To‘laqul qishlog‘ida, pastqamgina, shiftida qamishi osilib turadigan, derazasida oyna yo‘q maktabda o‘qiganman, – dedi akademik. – Elektr energiyasi yo‘qligi sababli kechalari moychiroq yorug‘ida kitob o‘qidik va shunday sharoitda maktabni bitirib, oliygohga o‘qishga kirdim. U yerda ham o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan qiyinchiliklarni boshimizdan o‘tkazdik. Bugun esa ilmga chanqoq yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat darajasidagi yumushga aylangan. Bunday imkoniyatdan unumli foydalash lozim.
Uchrashuv so‘ngida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda institut qoshidagi akademik litseyning ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirish, yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish maqsadida akademik Q.Abdurahmonov rahbarlik qilayotgan Toshkent shahrida joylashgan G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.