Aksiyador bo‘lishni istaysizmi?
Ushbu yo‘nalishda yilning o‘tgan 9 oyi davomida aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinib, aksiyadorlik jamiyatlaridan 2 milliard 833 million 905 ming so‘m miqdorda dividend to‘lovlari undirildi. Bundan tashqari, "O‘zqishloqelektrqurilish" AJning o‘tgan yilgi sof foydasidan jamiyat ustav jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda nominal qiymati 5 000 so‘mdan bo‘lgan 386 720 dona 1 milliard 933 million 600 ming so‘mlik aksiyalar ro‘yxatdan o‘tkazilib, 1 454 nafar aksiyadorga daromad sifatida berildi.
Shuningdek, "Zirabuloq paxta tozalash" AJning 2015-2017 yillar yakuni bilan taqsimlanmagan foydasi hisobidan jamiyat ustav jamg‘armasiga qo‘shimcha ravishda nominal qiymati 3 700 so‘mdan bo‘lgan 246 272 dona oddiy hamda 218 dona imtiyozli, jami 246 490 dona 912 million 13 ming so‘mlik aksiyalar chiqarilib, jamiyatning 264 nafar aksiyadorlariga daromad sifatida tarqatildi. "Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash" AJda ham nominal qiymati 4 ming so‘m bo‘lgan 197 830 dona 791 million 320 ming so‘mlik aksiyalar ro‘yxatdan o‘tkazilib, 601 nafar aksiyadorga daromad sifatida bepul taqsimlab berildi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish uchun aksiyadorlik jamiyatlarining rasmiy saytlariga qo‘shimcha ravishda www.openinfo.csm.gov.uz hamda Respublika fond birjasining www.uzse.uz saytlarida bozorning barcha yangiliklari kiritib borilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini kiritishlari borasida tushunchalar ham joylashtirilmoqda.
Norboy JO‘LMATOV,
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish
va rivojlantirish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.