Alimentdan qarzdor shaxs 120 soatlik jamoat ishlariga jalb etildi

Byuroning Payariq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 2017 yil 7 martdagi qarori bilan qarzdor N.R. dan undiruvchi H.A. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Byuroning Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi Farrux Rayimovga ko‘ra, to‘lovni unutib qo‘ygan N.R.ning qarzdorligi 16 mln. so‘mdan oshib ketgan. Lekin to‘lov amalga oshirilmagan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi tegishli moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining qaroriga asosan N.R. 120 soat muddatga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etilgan. Shuningdek, ish haqining 50 foiz aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlariga yo‘naltiriladi.