Alisher Usmonov eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng saxiy xayriyachi sifatida e’tirof etildi.

Times gazetasi mamlakatning eng boy odamlari - Rich List yangi reytingini tuzdi.
Gazeta yozishicha, 2020 yilda Usmonov va uning kompaniyalari tomonidan xayriya ishlariga 500 million funt sterling, Rich List reytingining 20 yillik tarixida esa 4,2 milliard funtdan ortiq mablag‘ ajratdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, 2020 yil oxiridagi ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonov Rossiya, O‘zbekiston va Italiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 134,2 million funt sarfladi.