Alla Pugachyovaning turmush o‘rtog‘i - Maksim Galkinga Qozog‘istonda konsert berishga ruxsat berilmadi

Shoumen Maksim Galkin o‘zining instagramdagi sahifasida Qozog‘iston rasmiylari haqiqatda uning mamlakatdagi chiqishlarini taqiqlab qo‘yganini aytadi.

Galkinning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda uning Olmaota va Ostonadagi chiqishiga to‘sqinlik qilingan. Uning guruhi ko‘p oylardan beri konsertlar uyushtirishga harakat qiladi, biroq doimiy ravishda rasmiylar qarshiliklariga duch keladi.

Maksim Galkin Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilingan. Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining boshidanoq u doimiy ravishda urushga qarshi chiqqan.

Qozog‘istonda shuningdek, urushni qo‘llab-quvvatlagan rossiyalik san’atkorlar ham konsertlarini bekor qilmoqda. Noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi norozilikdan keyin qo‘shiqchi Polina Gagarinaning Olma-otadagi, mahalliy aholining noroziligidan keyin Grigoriy Lepsning iyul oyida Konayev shahridagi chiqishi to‘xtatilgandi.