Allergik rinit nima? Uni qanday davolash mumkin?

Allergik rinit– burunning surunkali yalig‘lanishi bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra 25 foiz aholi bu kasallikka chalingan.

Allergik rinitning asosiy belgilari:
• Burundan tiniq va ko‘p miqdorda oqmalar oqishi.
• Aksirish, terining qichishi, tomoq og‘rig‘i.
• Burun bitishi.
• Ko‘zlarda yonish hissi
• Davomiyligi 1-2 haftadan ortiq.
• Yuqori bo‘lmagan harorat.
• Toshmalar.
• Ovqat hazm qilish buzilishi.
• Asabiylashish
• Tez charchash.

Allergik rinitda belgilangan davolanish bilan bir qatorda gipoallergik parhezga rioya qilish kerak. Fnduk va boshqa yong‘oqlar, yeryong‘oq, nok, banan, kivi, selderey, qizil mevalar, qizil olma, gazlangan ichimliklar, kam-kamdan tez-tez ovqatlanish va boshqalar. parhez qilish.
To‘g‘ri profilaktika yordamida hujumlar ehtimolini kamaytirish yoki hech bo‘lmaganda allergiya belgilarining namoyon bo‘lishini kamaytirish mumkin.

Tavsiyalarimiz quyidagilardan iborat:
• erta tongda yoki yomg‘irdan keyin tashqarida yurish kerak;
• shamolli havoda yurishdan bosh tortgan ma’qul;
• o‘simliklarning faol gullash davrida uyda va mashinada konditsionerdan foydalaning va niqob kiying;
• uyni uy kimyoviy moddalaridan foydalanmasdan imkon qadar tez-tez namli holda tozalash;
• ko‘chadan kelganingizda kiyimingizni almashtirishingiz, qo‘lingizni yuvishingiz, burun bo‘shlig‘ini yuvishingiz kerak;
• patli yostiqlar eng yaxshi sintetik gipoallergiklar bilan almashtiriladi.

O‘z-o‘zidan davolamaslik kerakligini unutmang, chunki bu jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Alisher Hayitov,
SamDTU 2-son otorinolaringologiya kafedrasi kata o‘qituvchisi, (PhD).