Amerikalik onalar sarosimada

Aniqlanishicha, AQShda mashhur bolalar oziq-ovqat mahsulotlarida zaharli margumush, kadmiy, qo‘rg‘oshin mavjud ekan. Bu kimyoviy moddalar shuningdek, meva-sabzavotlardan tayyorlangan oziqalarda, sharbat va qiyomlarda ham topilmoqda.

Ishlab chiqaruvchilar esa mahsulotlar va dori-darmonlar bo‘yicha AQSh federal agentligi bolalar oziqalarida og‘ir metallar tarkibi, kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar uchun hech qanaqa standart belgilamaganini aytib, o‘zlarini oqlashga urinishyapti.

Bugungi kunda AQSh ijtimoiy tarmoqlarida zaharli mahsulotlar bilan bolalari hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan sanoatchilarga noroziliklar bildirilmoqda.

Ilon Mask tashvishga tushib qoldi

Ilon Mask butun dunyoda avtomobillarni ekologik toza va xavfsiz vodorod yoqilg‘isiga o‘tkazish texnologiyasi joriy etilayotganidan xavotirda.

Gap shundaki, Ilon Maskning Spake Coagt Dally kompaniyasi ishlab chiqarayotgan «Tesla» elektromobillari qulaylik va tejamlikda vodorodli avtomobillardan ortda qoladi. Masalan, «Tesla» to‘liq zaryad bilan 25 mil (1 mil – 1,60 kilometrga teng) yo‘l bosa olsa, vodorod bilan to‘ldirilgan avtomobil 300 mildan ko‘proq yo‘l yuradi.

Oyga uchish uchun yangi raketa

2032 yilda bortida kosmonavtlar bo‘lgan Rossiya raketasi «Angar» tipidagi yangi kuchli dvigatellar yordamida Oyga uchadi va undan ko‘p marta foydalanish mumkin. Oyga uchiriladigan yangi tipdagi raketa RD-182 ko‘p marta foydalanadigan dvigatel bilan jihozlanib, mo‘ljalga 250 tonna yukni elta oladi.

Prezident Vladimir Putin farmoniga ko‘ra, birinchi o‘ta og‘ir raketani 2028 yilda uchirish ko‘zda tutilmoqda.

«Mir novostey» haftanomasi (2021 yil, 9-soni)dan T.Shomurodov tayyorladi.