Anomal issiqlik poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanishiga yana sabab bo‘lmoqda
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati 2019 yil 28 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch - Xiva, Toshkent - Qo‘ng‘irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov belgilanganini ma’lum qiladi. Bunga sabab yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poyezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo‘lga qo‘yildi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.