Antarktidada qor "gulladi"
Antarktidaning "Akademik Vernadskiy" ukrain stansiyasi yaqinida qor "gulladi" va tovlanuvchi yashil-qirmizi tusga kirdi, deb xabar berdi Milliy Antarktida ilmiy markazining matbuot xizmati.
"Antarktida yozining oxirida, bizning "Akademik Vernadskiy" stansiyamiz hududida vaqti-vaqti bilan qorning "gullashi" ro‘y beradi. Bu yil ham qor rangini o‘zgartirdi: oq o‘rniga u yashil va och qizil rangga kirdi. Bu rang qorda mikroskopik suv o‘tlari rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi ", deydi markaz mutaxassisi.
Ta’kidlanishicha, bu suv o‘tlari ekstremal ov-havodan qo‘rqmaydi va uzoq qish davomida qor ostida saqlanuvchi sporalar orqali ko‘payadi. Ob-havo qulay bo‘lsa, sporalar unib chiqa boshlaydi. Yashil rang xlorofil pigmentini keltirib chiqaradi, qizil rang – mikro-suv o‘tlari hujayralaridan tarkib topgan karotin qatlamidir.
"Qor gullari" iqlim o‘zgarishiga hissa qo‘shadi. Chunki rang tufayli qor quyosh nurlarini kamroq aks ettiradi va tezroq eriydi. Natijada, unda yorqin suv o‘tlari tobora tezroq rivojlanib, erish yanada tezlashadi.
Ushbu tabiiy jarayonga qiziqqan Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari Antarktidaning rangli qor bilan qoplangan hududlarini o‘rganish uchun Milliy Antarktida ilmiy markazga hamkorlikda tadqiqot uyushtirishni taklif qilishdi. Markaz va universitet yaqinda ish boshlashni rejalashtirmoqda. Tadqiqot ishlari sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlar joyida olib boriladi.
Ushbu ish global isish natijasida Antarktida qorlarining erish ko‘lamini yangicha baholashga imkon berishi mumkin.
G.Xoldorova tayyorladi.