Antarktida yaqinida kuchli zilzila yuz berdi
- 24.01.2021 13:00
- 229
- Siyosat
7 balli zilzila Janubiy Amerika va Antarktida o‘rtasida joylashgan Janubiy Shetland orollarida sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
Zilzila 40 kilometr chuqurlikda, mahalliy vaqt bilan 23:36 da (Toshkent vaqti bilan 4:36) da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Chilining Punta-Arenas shahridan 1328 kilometr va Chilining Bernardo O’Xiggins tadqiqot stansiyasidan 216 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Chili favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chili Antarktika hududiga sunami xavfi e’lon qildi.
Oldinroq, 15 yanvar kuni Indoneziyaning Mamudju shahri yaqinida 6,2 balli zilzila sodir bo‘lgan edi. Deyarli 15 ming fuqaro o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, kamida 58 kishi vafot etdi. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng seysmologiya xizmati 28 ta yer silkinishini qayd etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa