Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keladi
Bugun, 29 iyundan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo davlatlariga safari boshlanadi. U O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Nyu-Yorkdagi brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, har bir davlatda BMT Bosh kotibi davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi. Safarning ilk manzili O‘zbekiston bo‘ladi.
Guterrish 4 iyulda Ostonada bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. U nutqida forum ishtirokchilariga BMT Nizomi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilgan ko‘p tomonlama tamoyillarga sodiqlikni yana tasdiqlash kerakligini eslatib o‘tadi. Shuningdek, bu sa’y-harakatlar negizida tinchlikka intilish yotishi kerakligini ta’kidlaydi.
Antoniu Guterrish 7 iyul kuni Nyu-Yorkka qaytadi.