AQSh bayrog‘ining tarixi haqida bilasizmi?
AQSh bayrog‘i ko‘p marta o‘zgargan. 1861-1865 yillarda davom etgan fuqarolar urushi paytida hatto u ikkita bo‘lgan. Quldorlikni yoqlagan Janub o‘z bayrog‘ini qabul qilgan.
AQSh ilk tuzilganda uning bayrog‘ida bu davlatni tuzgan 13 ta shtat ramzi sifatida 13 ta oq-qizil chiziq va chap taraf tepa burchakda 13 ta yulduzcha bo‘lgan. Keyinchalik, bu davlat tarkibiga qo‘shilgan har bir shtat uchun bittadan yulduzcha qo‘shilib boravergan.
1958 yilda Alyaska va Gavay orollari shtat maqomini olgandan so‘ng yulduzchalar soni 50 ta bo‘lgan.
Keyingi yillarda Puerto-Riko AQShga teng huquqli shtat bo‘lib qo‘shilish uchun harakat qilmoqda. Balki yaqin yillarda bu davlat bayrog‘idagi yulduzchalar soni yana bittaga oshar.
Internet xabarlari asosida tayyorlandi.