AQSh Belarusga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi haqida ogohlantirdi

“Vashington Minskka nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda”, deb ma’lum qildi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashi a’zosi Mariya Kolesnikovaning hibsga olinganiga izoh berib.
“Sheriklarimiz va ittifoqdoshlarimiz bilan kelishgan holda Belarusda inson huquqlari buzilishi va repressiyalarda ishtirok etganlarni javobgarlikka tortishni ta’minlash uchun AQSh qo‘shimcha maqsadli sanksiyalar joriy etilishini ko‘rib chiqmoqda”, deyilgan uning yozma murojaatida.
Shu bilan birga AQSh davlat kotibi Kolesnikovaning o‘g‘irlanganligi va uni muvofiqlashtirish kengashining boshqa a’zolari bilan birga majburlab, Ukraina hududiga o‘tkazib yubormoqchi bo‘lishgani to‘g‘risidagi xabarlardan xavotirda ekanini ma’lum qildi.