AQSh O‘zbekiston prezidentining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Bayonotda aytilishicha, elchixona “O‘zbekiston fuqarolarining saylovdagi ishtirokini yuqori baholaydi va saylov uchastkalarida ular Prezident Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etadi”.

“Prezident Mirziyoyev o‘zining yangi mandatini qabul qilayotgan bir paytda, AQSh uning islohot va boshqaruv dasturini amalga oshirishda, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro nazorat va muvozanatni ta’minlash, shaxs huquqlarini himoya qilish sohalarida yordam berishga tayyor. Agar bu tamoyillarga amal qilinsa, ular vakillik boshqaruvining asosi hisoblanadi.

Biz prezident Mirziyoyev va O‘zbekiston hukumati bilan AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, ta’lim, gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga intilamiz”, — deyiladi bayonotda.