AQSh prezidentidan yadro tugmachasi olib qo‘yildi

Yaqinda amerikalik jurnalist-surishtiruvchi Bob Vudvardning «Peril» (Tavakkal) kitobi nashrdan chiqdi. Unda u AQSh prezidenti Jo Bayden 2021 yil yanvarda harbiylar tomonidan yadro raketalarini uchirish kodidan mahrum qilinganini yozadi.
Muallif so‘zlariga qaraganda, AQSh Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining raisi Mark Milli Donald Tramp prezidentligi tugayotgan paytda uning telbanamo harakatlaridan, ya’ni yadro zarbasi berish qaroridan xavfsirab algoritm o‘zgartirilganini tan oldi. "Bayden kelganidan keyin ham vaziyat o‘zgarmadi, - deydi Vudvord, - u o‘zgalar qo‘lida qo‘g‘irchoq, jahondagi eng kuchli armiyaga qog‘ozdagina rahbarlik qiladi".
Havoning ifloslanishida Indoneziya prezidenti aybdor
Jahon tarixida sud birinchi marta mamlakat prezidentini havoni ifloslanishida aybdor deb topdi. Indoneziya sudi prezident Joko Vidodo, mamlakat bir qator vazirliklari va Jakarta merini shaharda havoni ifloslanishiga panja orasidan qaraganlikda aybladi. Sud ularni darhol havo sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishga hukm qildi. Jakarta va uning atrofida 30 ming kishi yashaydi. Shahar havosi shu darajada sanoat, avtomobil gazlaridan ifloslanganki, shaharliklar umri besh yarim yilga qisqarmoqda.
Prezident Vidodo esa yaqinda poytaxtni xushmanzara Bernei oroliga ko‘chirishga qaror qildi. Mamlakat rahbarlari u yerda musaffo dengiz havosidan nafas olib Jakartadagi ayanchli holatni unutishmoqda.
Tanga puldan voz kechishmoqchi
Rossiya deputatlari tanga pullarni muomaladan chiqarishni taklif qildilar. Davlat tanga pul chiqarishdan zarar ko‘rmoqda, aholi esa undan unchalik faol foydalanayotgani yo‘q. Faqatgina 2020 yilda muomalaga 1,3 milliard yangi monet chiqarilgan. Bunga "Rosbank" 3,8 mlrd. rubl sarflagan. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 boshida muomalada 69,12 mlrd. tanga bo‘lgan. Bu umumiy summada 113,2 mlrd. rublni tashkil qiladi.
Tog‘aymurod Shomurodov («Mir novostey», 38-son) tayyorladi.