AQSh tarixida birinchi marta Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi
AQSh Kongressi Vakillik palatasi ko‘pchilik ovoz bilan prezident Donald Trampga impichment e’lon qilishga qaror qildi. Bu talabni uning o‘n nafar partiyadoshi ham qo‘llab-quvvatladi.
Vakillar palatasi rezolyusiyasida aytilishicha, Trampning harakatlari "og‘ir jinoyat va qonunbuzarliklar» haqidagi konstitutsiyaviy moddaga mos keladi.
Bu fikrni 232 nafar kongressmen a’zosi qo‘lladi, 197 kishi bunga qarshi ovoz berdi. Shu tariqa u AQSh tarixida ikki marta impichment e’lon qilingan yagona prezident bo‘ldi.
Trampning hukumatdan muddatidan oldin chetlashtirilishi uchun unga Senatda ham impichment e’lon qilinishi kerak. Ammo yuqori palata spikeri, respublikachi Mitch Makkonellning ta’kidlashicha, senatorlar buni 20 yanvar – davlat rahbarining vakolat muddati tugaguniga qadar amalga oshirmaydi. Trampni lavozimidan ketganidan keyin o‘tgan sana bilan impichment e’lon qilish mumkin bo‘ladimi-yo‘qmi, bu noaniq: bunday amaliyot Kongress tarixida hali bo‘lmagan.
Kecha o‘tkazilgan Vakillar palatasida palata spikeri Nensi Pelosi Tramp xavfli, idroksiz ekanligi bois ketgani ma’qulligini aytdi. "Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti ko‘targan isyoni, qurolli qo‘zg‘oloni bizning umumiy davlatimizga qarshi harakatdir. U ketishi kerak. Bu jonajon mamlakatimiz uchun aniq va favqulodda xavf", dedi u.