AQSh va Xitoy o‘rtasidagi “savdo urushi”: Yuan kursi pastlayapti

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi “savdo urushi”da bir to‘xtamga kelinmasa bundan AQShga qaraganda Xitoy ko‘proq jabr chekishi va zarar ko‘rishi tobora aniq bo‘lib borayapti.

Bugun, dushanba kuni Xitoy fond birjalarida qimmatli qog‘ozlar narxi yana arzonlashdi. Shu jumladan Xitoy milliy valyutasi bo‘lmish yuan AQSh dollariga nisbatan o‘z qiymatini yo‘qotayapti.

Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, Xitoy va AQSh rahbari Donald Tramp joriy yil iyun oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida uchrashadilar va ushbu muammoni birgalikda yechib ko‘rishga harakat qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, ular ikkalasi o‘tgan 2018 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayros shahrida G20 yig‘ilishi doirasida  ham uchrashgan va o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini muhokama qilgan edilar.