AQSh Xitoydagi uyg‘urlar genotsidini tan olishga tayyorlanmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati, Xitoydagi musulmon-uyg‘urlariga qarshi olib borilayotgan siyosatni “genotsid” atamasi bilan nomlash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda atamani qo‘llash masalasi Davlat departamenti, ichki xavfsizlik vazirligi va Milliy xavfsizlik kengashi ishchi guruhlarida ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Vashington Pekinni insoniyatga qarshi jinoyatda yoki etnik tozalashda ayblash ehtimoli ham o‘rganilmoqda. Bu holat shusiz ham ziddiyatli bo‘lib turgan ikki mamlakat aloqalariga jiddiy ziyon yetkazadi. Amerika rasmiylari ilgari bunday yo‘l tutishdan qochishga harakat qilar edilar, sababi bunday holat mamlakatning ichki muammolariga AQSh aralashuvini anglatadi.

Bir muddat ilgari bir guruh uyg‘ur migrantlari Xitoy hukumatiga qarshi Xalqaro jinoyat sudiga, insoniyatga qarshi sodir etilgan jinoyat va genotsidni tan olinishini talab qilib murojaat qilgan edi. Xususan, so‘z Tojikiston va Kambojiyadagi minglab uyg‘urlarni Xitoyga qaytarishga urinish haqida borgan. Advokatlar taqdim etgan 80 varaqli arizada, migrantlarning fikriga ko‘ra musulmonlarga qarshi uyushtirilgan jinoyatga aloqador bo‘lgan 30 dan ortiq Xitoy amaldorlari ko‘rsatilgan. Ro‘yxatda Xitoy rahbari Si Szinpin ismi ham qayd etilgan.