AQSh Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamoqchi
Bu haqda Reuters bir nechta manbalar asosida ma’lum qilmoqda.
Ko‘riladigan choralar XXRning kamida 14 nafar mansabdor shaxsiga taalluqli bo‘lib, ular Xitoy hukumatining Gonkong qonunchilik kengashining to‘rt nafar oppozitsiya deputatini chetlatish to‘g‘risidagi qarori tufayli qo‘llaniladi.
Iqtisodiy sanksiyalar 7 dekabrdan boshlab joriy etilishi mumkin. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyati uning o‘rnida Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden tayinlanguniga qadar Pekinga atayin bosimni kuchaytirmoqda, deyiladi manbada.
Noyabr oyida Gongkongda to‘rtta muxolifat qonunchisini chetlashtirishgan edi. Bu Gonkong qonunchilik kengashining barcha a’zolari uchun qonuniy talab sifatida vatanparvarlikni o‘z ichiga olgan yangi rezolyusiya qabul qilinganidan keyin yuz berdi. Hujjatga ko‘ra, endi qonun chiqaruvchilar sud qarorisiz lavozimidan chetlashtirilishi mumkin.
Gonkong milliy xavfsizligi haqidagi qonun Xitoy parlamenti tomonidan 30 iyun kuni qabul qilingan edi. Bu Xitoy hukumatiga milliy xavfsizlikka tahdid qiluvchi harakatlarni bostirish, xususan, norozilik namoyishlarining oldini olish va yo‘lboshchilarni javobgarlikka tortish huquqini beradi. Vashingtonda qabul qilingan ushbu qonunni anneksiya (mamlakat yoki uning bir qismining boshqa davlatga majburiy qo‘shilishi) deb nomlashdi. Xitoy o‘z o‘rnida bu masalalar mamlakat ichki ishlariga aloqadorligini ta’kidladi.
Gonkong 1997 yildagi Angliya va Xitoy o‘rtasidagi ijara shartnomasidan Xitoy tarkibiga qaytdi. Xitoy va Buyuk Britaniyaning qo‘shma deklaratsiyasiga ko‘ra, shaharga 50 yillik keng avtonomiya va’da qilingan.