AQShda Kongressmenlar Trampning Eronga urush ochishini taqiqlashni taklif qildilar

AQSh Kongressining ikki vakili harbiy byudjetni qayta ko‘rib chiqib, uni Trampning Eronga urush ochishiga imkon bermaydigan darajada qisqartirib qo‘yishni taklif etishdi.
"Oldingi haftada hammamiz ko‘rdik, Trampning bitta ishorasi bilan trillionlab dollar sarflanadigan Eronga qarshi urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qolgan edi. Shunday ekan biz harbiy byudjetni qayta ko‘rib chiqishimiz va uni qisqartirib, Trampni toki Kongress mablag‘ ajratish haqidagi taklifni ma’qullamaguncha hech qayerda urush boshlay olmaydigan qilib qo‘yishimiz kerak. Ana shunda to‘g‘ri bo‘ladi", deyishgan ular Kongressga qilgan murojatlarida.
Xabarda aytilishicha, ushbu murojaat mualliflaridan biri demokratik partiya vakili bo‘lsa, yana biri respublikachilar partiyasidan ekan.