AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bolalar soni ma’lum qilindi
AQShda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon 500 mingdan ortiq yosh bola yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi. Bu haqda Amerika pediatrlar akademiyasi (AAR) chop etgan ma’lumotda xabar qilindi.
Tashkilot o‘z hisobotida 2020 yil 3 sentyabr holatiga qadar, bolalar o‘rtasida koronavirus holatlarini o‘rganish natijalarini taqdim etdi. Mutaxassislar mamlakatning 49 shtati sog‘liqni saqlash departamentlari yuborgan turli yoshdagi kasallangan bolalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘di. Texas shtati ma’lumotlari ro‘yxatga kiritilmadi.
“Bolalarning COVID-19 bilan kasallanish holatining umumiy soni 513 415 nafarni tashkil etgan. Bu barcha kasallanish holatlarining 9,8 foizi”, deyilgan matnda.
Mutaxassislar 100 ming bolaga 680 nafar kasallanish holati to‘g‘ri kelayotganini ta’kidlashdi. 20 avgustdan 3 sentyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bolalar orasida 70 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilgan.