AQShda teraktlar davom etmoqda. Navbat Ogayo shtatiga

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, yakshanba kuni AQShning Ogayo shtatida otishma natijasida kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

Hodisa Daytonning markazida yuz berdi, deya xabar beradi Dayton Daily News gazetasiga tayanib Anadolu.

Otishmada to‘qqiz kishi o‘ldirilgani va mahalliy politsiya bitta gumondorni o‘ldirgani ma’lum qilindi.

Hodisa oqibatida kamida 16 kishi jarohat olgan.

Ogayodagi zo‘ravonlik Texasda yuz bergan ommaviy otishmadan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sal avval yuz bergan Texasdagi teraktda 20 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohatlandi.