AQShdagi saylov poygalari: Tramp oldindami yoki Bayden?

2020 yil 3 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bunda Respublikachilar partiyasining amaldagi prezidenti Donald Tramp va demokrat Jo Bayden o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

AQShda saylov kuni yaqinlashganda saylov uchastkalari kampaniyalari qaysi nomzodni tanlash bo‘yicha xalqdan so‘rovnomalar o‘tkazadi.

Jo Bayden prezidentlik saylovlari bo‘yicha milliy so‘rovnomalarda yetakchilik qilmoqda. Ammo bunga qarab saylov natijalarini bashorat qilib bo‘lmaydi. Negaki, AQShda «belanchak» shtatlardagi holat vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. «Belanchak» shtatlar deganda, 2012 yil demokrat Barak Obamani qo‘llab-quvvatlab, 2016 yilgi saylovlarda respublikachi Tramp tomoniga o‘tib ketgan o‘zgaruvchan shtatlar nazarda tutiladi. Florida, Pensilvaniya, Ogaya, Michigan, Shimoliy Korolina, Arizona, Viskonsin va Ayova shtatlari shular jumlasidandir.

Sentyabr oyida «belanchak» shtatlardan olingan so‘rovnomalarning so‘nggi ko‘rsatkichi Donald Tramp 42,1 foizni, Jo Bayden esa 49,4 foizni qo‘lga kiritganligini ko‘rsatmoqda. Ammo bu demokratlarning g‘alabasini to‘liq kafolatlamaydi. Negaki, 2016 yilgi saylovlarda ham Xillari Klinton xuddi shunday vaziyatda edi. Natijada Donald Tramp g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Internet ma’lumotlari asosida Dilfuza OSTONOVA tayyorladi.