AQShning yangi strategik raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Amerika ishlab chiqqan LGM-35 Sentinel qit’alararo ballistik raketasining (QBR) birinchi sinov uchirishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari vakillari Vandenberg harbiy havo kuchlari bazasida ma’lum qildi.
AQSh harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 300 kilotonnali yangi Mk21A yadro kallaklarini nishonga yetkazish uchun mo‘ljallangan raketa uchirilgandan 11 soniya o‘tib portlagan.
Pentagonning rejasiga ko‘ra, yangi QBRlar 2029 yilda AQSh strategik yadroviy kuchlarining jihozlariga 1970 yillarning boshidan beri xizmat qilayotgan eskirgan Minuteman III raketalarini almashtirishi kerak edi.
Raketa 13,3 milliard dollarlik shartnoma asosida ishlab chiqilmoqda. AQSh Mudofaa vazirligi yangi raketalarni sotib olish qiymati 95 milliard dollardan ortiqni tashkil etishini taxmin qilmoqda.
Qo‘shma Shtatlarda hozirda 400 ta Minuteman III QBR mavjud bo‘lib, ularning har biri 12 000 kilometr masofaga uchtagacha yadroviy kallakni yetkaza oladi.