Armaniston prezidenti iste’foga chiqdi
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqish qarorini ma’lum qildi.
"Men juda uzoq o‘yladim va deyarli to‘rt yillik faoliyatimdan so‘ng Armaniston prezidenti lavozimidan ketishga qaror qildim. Bu mutlaqo nohissiy bo‘lib, ma’lum bir mantiqdan kelib chiqadi", dedi Sarkisyan Armaniston prezidenti saytida chop etilgan bayonotda.
Uning ta’kidlashicha, “Prezidentda mamlakat va millat uchun hozirgi og‘ir davrda ichki va tashqi siyosatning fundamental jarayonlariga ta’sir o‘tkazish uchun zarur vositalar mavjud emas”.
2015 yilgi konstitutsiyaviy referendumdan so‘ng Armaniston parlamentli respublikaga aylandi. Armaniston Prezidenti mamlakat Milliy Assambleyasi tomonidan yetti yil muddatga saylanadi.
Sarkisyan 2018 yilning mart oyida prezident etib saylangan edi.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari fevral oyining o‘rtalarida o‘tkazilishi mumkin. Bir shaxs prezidentlikka faqat bir marta saylanishi mumkin.