Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ashxobod  jahonning eng qimmat shaharlari reytingida yetakchilik qilyapti

Aniqlanishicha, jahonning eng qimmat shaharlari reytingida Turkmaniston poytaxti yetakchilik qilyapti. Gap shaharda chet elliklarning yashash qiymati haqida boryapti, deydi “AiF”. Reytingni har yili Amerikaning konsalting kompaniyasi - Mercer tuzadi. 2021 yilda ro‘yxatdan Gonkongni siqib chiqarib, Ashxobod birinchi o‘ringa chiqdi.

Ekspertlar fikricha, mamlakat hokimiyati Ashxobodni obod poytaxtga aylantirib, dunyoni lol qoldirish uchun harakat qilmoqda. Bunda turkman bozoriga kirish uchun intilayotgan xorijiy kompaniyalar yaxshigina to‘lashyapti. Mamlakat katta gaz zaxirasiga egaligi bilan jozibador. Mahalliy qoidalarga ko‘ra, undan katta foyda ko‘rishni istagan xorijiy sarmoyadorlar har qancha xarajat bo‘lsa to‘lashga tayyor.

T.Shomurodov tayyorladi.