Atambayevni qo‘lga olgan Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olgan Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jinoiy ish “Mansabni suiiste’mol qilish” moddasi bo‘yicha harbiy prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan. Sobiq huquqni muhofaza qilish xodimini xoinlikda ayblashmoqda, shuningdek u shaxsiy tarkibni xavf ostida qoldirgan, shu bilan birga qonun shartlarini qo‘pol ravishda buzgan, deb ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, uni ashyoviy dalillarni yashirishda ayblashmoqda.
“360” telekanalining qayd etishicha, aynan Asanov Atambayevning uyiga bo‘lgan uchinchi hujumdan keyin uni taslim bo‘lishga ko‘ndirganligi haqida ilgari xabar berilgan. Shundan so‘ng Asanov ichki ishlar manfaatlariga xoinlik qilgani va ishonchni yo‘qotgani uchun lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 8 avgust kuni hibsga olingan. Siyosatchini Koy – Tash qishlog‘ida ikki mingga yaqin huquqni himoya qilish xodimlari Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri K.Junushaliyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida qo‘lga olishgan. Qarorgohiga uyushtirilgan uchinchi hujumdan keyin Atambayev hukumatga o‘zi taslim bo‘ldi.