Atmosferadan zaharlanib vafot etayotganlar koronavirusdan nobud bo‘layotganlardan ikki barobar ko‘p
O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod N.Oblomurodovning qayd etishicha, dunyo miqyosida atmosferaga zaharli moddalar chiqarish ko‘payib bormoqda. Birgina yurtimizda har yili 2 million 200 ming tonnadan ortiq zaharli tashlamalar tushmoqda. Bu esa atrof-muhit musaffoligi, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
- Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sharoitida jahonda bir yilda 1,8-3 million kishi ushbu xastalik tufayli vafot etgan bo‘lsa, atmosferadagi zaharli moddalar sabab 7 million kishi olamdan o‘tmoqda. Bu bizdan ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Shu sababli biz bu boradagi huquqiy tartiblarni kuchaytirish, alohida dasturlar ishlab chiqish tashabbusini ilgari suramiz.