Avtomobil oynasini qay holatda ruxsatsiz qoraytirish mumkin?

Qarorga ko‘ra, orqa oynani yorug‘lik o‘tkazuvchanlik besh foizdan kam bo‘lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o‘z­gartirish mumkin.

Old oynaning tepa qismini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan shaklda o‘zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining  90 baravari (16 587 000 so‘m), yuridik shaxslarga eng kam ish  haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m) va xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng   kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m) etib belgilandi.