Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?

Dunyoda sir-sinoatga to‘la joylar ko‘p. 1973 yilda Krakovadagi Vavelsk maqbarasida 1492 yilda vafot etgan qirol Yagellonchik Kazmir IV tobuti ochildi. Olimlar Polsha tarixida odil hukmdorlardan biri hisoblangan qirolning suyaklari qanday saqlanganini aniqlashlari lozim edi.
Qabrga tushgan ishchilarning ko‘zi tobut ustidagi ogohlantiruvchi yozuvga tushdi. Unda marhumning ruhini bezovta qilganlar boshiga o‘lim xavf solishi aytilgandi. Dahshatli ogohlantirishga qaramay, olimlar tobut qopqog‘ini ochishdi. Tobutda qirol va uning rafiqasini skeletga aylangan suyaklari yotardi. Ularni o‘rganishga kirishgan olimlar ko‘p o‘tmay o‘zlarini noxush his qila boshladilar. Kimningdir boshiga og‘riq kirdi, kimningdir nafasi siqilib,boshi aylangandi, mikrobiologlardan biri hatto hushidan ketdi.
Oradan bir necha oy o‘tgach, tadqiqotchilar hech bir sababsiz o‘la boshladi. Birinchi bo‘lib insultdan arxitektor jon taslim qildi, yarim yil ichida xuddi shunday sabab bilan uch eksport olamdan o‘tdi. 1983 yilga kelib tobutni ochgan olimlar guruhidan birorta tadqiqotchi tirik qolmadi.
…Eramizgacha 79 yilda Vezuviye vulqoni otilishi oqibatida qadimgi Rimning Pompsi shahri vulqoni ko‘li ostida butunlay ko‘milib ketdi. Neapol shahridan sal naridagi bu joyda yashovchi ikki ming kishi azob-uqubatda halok bo‘ldi.
XVIII asr o‘rtalarida ushbu xarobalarda arxeologik qazilmalar boshlandi. Hozirgi vaqtda shaharning ancha qismi amalda birinchi qiyofasini tiklagan. Har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Ularning har biri bu yerdan esdalik uchun biror suvenir olishga intiladi: kimdir vulqonda erib tosh qotgan lavadan bir parcha, kimdir bezak mozaikasidan bo‘lak olib ketadi.
Ammo… ammo oqibatda ko‘p yil o‘tib bu sayyohlar olib ketgan suvenirlarini kechirim so‘ralgan xat bilan qaytarib yuborishadi: “La’nati Pompsi ta’qibi bizni tinch qo‘ymayapti!”. Xatda yozilishicha, kimdir boshi kasaldan chiqmaydi, kimdir moliyaviy kasodga uchraydi. Kimnidir arvohlar ta’qib qiladi. Kanadalik sayyoh ayol o‘z xatida bu Pompeyda vulqondan halok bo‘lgan ikki ming kishini bezovta qilingan arvohlari ishi ekanligini yozib, Xudodan yolvorib kechirim so‘raydi.
...Amerikaning Luizana shtatida Yangi Orlean degan joyda Manchas deb atalgan botqoqlik bor. Mahalliy tadbirkorlarning botqoqlikni quritib yer ochishga urinishi doimo muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu narigi dunyo yovuz kuchlarining qarshiligi emish.
Gap shundaki, afsonaga ko‘ra 1915 yilda ushbu botqoqlikda Vudu ilohi koxini qatl qilingan ekan. O‘limi oldidan koxin ayol ushbu joy va uning atrofida yashovchilarni la’natlabdi. Shunda dahshatli dovul ko‘tarilib, ishchilar qishlog‘i, qadimgi inshootlarni vayron qilib botqoqqa aylantiribdi. Botqoq ostida mangu halovat topgan o‘n minglab marhumlar arvohi bezovta qilganlarni baloga giriftor qilmay qo‘ymas emish.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.